G‘oyangni yarat. Robotni yasa. Kelajakni o‘zgartir!

Robototexnika, dasturlash va STEAM olamiga sho‘ng‘ing. Noldan boshlang, amaliy loyihalar yarating va o‘z g‘oyalaringizni haqiqiy qurilmalarga aylantiring.

Birinchi robotingizni yasashga tayyormisiz?

Qiziqib o‘rganing. Amalda sinang. O‘zingiz yarating!

Har bir mavzu qisqa video va amaliy mashqdan iborat. Nazariya keraklicha, qolgani amaliyot. Robototexnika yoki elektronika texnigi bo'lishni istagan har bir kishi uchun.

0bepul, hamma uchun
Noldanboshlaymiz, tajriba shart emas
Mustaqilo'z sur'atingizda o'rganing
Tez oradabrauzerdagi simulyator

O'quv yo'li: uch bosqich.

Ochiq qisqichli oq RoboSTEAM robot qo'li
1-bosqichTez orada

Elektronika asoslari

Tok qanday oqishini tushunib, birinchi sxemalaringizni yig'asiz.

  • Tok, kuchlanish va qarshilik
  • Breadboard'da sxema yig'ish
  • Multimetr bilan o'lchash
Xabardor qilish
2-bosqichTez orada

Arduino va sensorlar

Mikrokontrollerni dasturlab, sensorlar va motorlarni boshqarasiz.

  • Arduino dasturlash asoslari
  • Sensorlardan ma'lumot o'qish
  • Motor va servolarni boshqarish
Xabardor qilish
3-bosqichTez orada

Robot yasash va nosozliklarni tuzatish

Hammasini bitta ishlaydigan robotga birlashtirib, xatolarni topishni o'rganasiz.

  • Korpus va yuritmalarni yig'ish
  • Tizimni bosqichma-bosqich sinash
  • Nosozliklarni topish va tuzatish
Xabardor qilish

Qanday o'rganasiz.

Qisqa video darsni ko'ring

Har bir mavzu qisqa videoda, oddiy tilda tushuntiriladi.

Mustaqil mashq qiling

Har bir darsdan keyin mashqlar bor. Ularni o'z sur'atingizda bajaring.

Simulyatorda sinab ko'ring Tez orada

Sxemani brauzerning o'zida yig'ib, dasturlaysiz. Detal sotib olish shart emas.

Haqiqiy robotni yasang

O'rganganlaringizni haqiqiy detallarda birlashtirib, ishlaydigan robot yasaysiz.

Nimalarni yasaysiz.

Rasm: chiziq bo'ylab yuruvchi mashina

Chiziq bo'ylab yuruvchi mashina

Namuna loyiha · 2-bosqich

Rasm: saralovchi robot qo'l

Saralovchi robot qo'l

Namuna loyiha · 3-bosqich

Rasm: aqlli gultuvak

Aqlli gultuvak

Namuna loyiha · 2-bosqich

Rasm: to'siqdan qochuvchi robot

To'siqdan qochuvchi robot

Namuna loyiha · 3-bosqich

Tez orada

Simulyator.

Sxemani brauzerning o'zida yig'ib, dasturlay olasiz. Hech qanday detal kerak emas: simlarni ulang, kodni yozing va natijani darhol ko'ring.

Bepul akademiyaga qo'shiling.

Ro'yxatga yoziling: birinchi darslar ochilishi bilan sizga xabar beramiz. To'lov ham, majburiyat ham yo'q.

Oltin chiptani tutib turgan RoboSTEAM yordamchi roboti

Keyingi qadamda email va parol bilan hisob ochasiz.